Britaniya Falastinni tan olishga tayyor
Dunyo
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer sentyabrda Isroil G‘azodagi harbiy harakatlarni to‘xtatmasa va uzoq muddatli tinchlik yo‘lini boshlamasa, Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishini aytdi. Ushbu bayonot mintaqada tobora kuchayib borayotgan gumanitar inqiroz fonida kuchli diplomatik signal bo‘ldi.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer agar Isroil G‘azodagi jangovar harakatlarni to‘xtatmasa va mojaroni hal qilish bo‘yicha jiddiy qadamlarni boshlamasa, uning mamlakati sentyabr oyida Falastinni rasman tan olishini aytdi. Bu haqda Britaniya vazirlar mahkamasining Yaqin Sharqdagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Starmerning aniqlik kiritishicha, bu qaror quyidagi shartlar bajarilmaganda amalga oshiriladi:
G‘azodagi “dahshatli vaziyat” tugatilmasa,
o‘t ochish to‘xtatilmasa,
G‘arbiy Sohil anneksiyasidan voz kechilmasa,
ikki davlatli yechimga sodiqlik rasman bildirilmasa.
Britaniya rahbari ikki davlatli tinchlik kontseptsiyasini qo‘llab-quvvatlashini, ammo unda HAMAS uchun joy yo‘qligini ta’kidladi. Shuningdek, u HAMASni garovdagilarni ozod qilishga va qurolni tashlashga chaqirdi.
Fransiya esa bu borada allaqachon tashabbusni qo‘lga oldi — u sentabrda Falastin davlatini huquqiy jihatdan tan olishga tayyor ekanini bildirdi. Natijada Isroilga bo‘lgan diplomatik bosim kuchaymoqda.

Powered by Froala Editor