Britaniya Qashqadaryoda yangi kon ochish taklifini berdi

O'zbekiston

Britaniya kompaniyalari O‘zbekiston tog‘-kon metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda.

Britaniya Qashqadaryoda yangi kon ochish taklifini berdi
Tog‘-kon metallurgiya va geologiya vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimining britaniyalik maslahatchisi Peter Margetts o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.

Suҳbat davomida Peter Margetts Buyuk Britaniyadagi kompaniyalar O‘zbekistonda qazib olinadigan yer osti boyliklariga, jumladan mavjud va istiqbolli konlar bilan aloqalarni o‘rnatish va o‘z sarmoyalarini kiritishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Britaniyalik maslahatchi Qashqadaryo viloyatida yangi kon barpo etish borasida qo‘shma harakatlarni olib borish, britan investorlarini jalb qilishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar ushbu sohada Buyuk Britaniya kompaniyalari ishtirokida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing