Buyuk Britaniya hukumati British Steel kompaniyasini milliylashtirdi
Dunyo
Buyuk Britaniya po‘lat ishlab chiqaruvchi British Steel kompaniyasini milliylashtirib, mamlakatdagi eng muhim metallurgiya korxonalaridan birini yana davlat nazoratiga oldi. Hukumat bu qaror strategik ishlab chiqarishni saqlab qolish, minglab ish o‘rinlarini himoya qilish va mahalliy po‘lat ta’minotini kafolatlashga xizmat qilishini bildirdi.
Milliylashtirish to‘g‘risida Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi ma’lum qildi. Qaror kompaniyaning 2020-yildan buyon egasi bo‘lgan Xitoyning Jingye Group kompaniyasi Skantorpdagi domna pechlarini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqqanidan so‘ng qabul qilindi. Mazkur korxona mamlakatda temir rudasidan birlamchi po‘lat ishlab chiqaradigan so‘nggi zavod hisoblanadi.
Biznes vaziri Piter Kaylning ta’kidlashicha, endilikda British Steel Britaniya xalqiga tegishli bo‘lib, hukumat korxona faoliyatini barqarorlashtirish, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqobatbardosh va ekologik barqaror metallurgiya sanoatini rivojlantirishga e’tibor qaratadi.
Mustaqil baholash sobiq egaga kompensatsiya to‘lanishi masalasini ko‘rib chiqadi. 130 yildan ortiq tarixga ega zavodda qariyb 2700 kishi ishlaydi. Jingye Group korxonaga egalik qilgan davrda 1,2 milliard funt sterlingdan ortiq sarmoya kiritganini ma’lum qilgan.

Powered by Froala Editor