Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 5 mingga yaqinlashdi
Dunyo
Venesueladagi vayronkor zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 ming kishiga yaqinlashmoqda. Mamlakat hukumati qutqaruv va gumanitar yordam ishlari davom etayotganini, minglab odamlar esa hanuz boshpanasiz qolayotganini ma’lum qildi.
Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni 4 930 nafarga yetgan. 16 740 kishi jarohat olgan, 17 907 fuqaro uy-joyidan ayrilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 6 462 kishi qutqarilgan, 35 781 nafar jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Zilzila oqibatida 190 ta bino butunlay vayron bo‘lgan, yana 856 tasi jiddiy zarar ko‘rgan. 21 210 kishi 107 ta vaqtinchalik lagerga joylashtirilgan, 128 324 oilaga gumanitar yordam yetkazilgan. Shuningdek, jabrlangan hududlarga 10 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat yuborilgan.
Hukumat qutqaruv va tiklash ishlari davom etayotganini, asosiy e’tibor jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash, uy-joylarni tiklash va zarur yordam bilan ta’minlashga qaratilganini bildirdi.

Powered by Froala Editor