Britaniyalik ekspert: O‘zbekiston — jahon boksining yangi yetakchisi
Sport
O‘zbekiston boks terma jamoasi dunyo sportining cho‘qqilarini zabt etishda davom etmoqda va ko‘p yillik yetakchilarni ortda qoldirmoqda. Mamlakat qanday qilib bunday yutuqqa erishdi va nima uchun Britaniya ekspertlari o‘zbek bokschilarini dunyodagi eng yaxshilar deb atashmoqda?
O‘zbekistonning boks bo‘yicha terma jamoasi havaskor boksda jahon yetakchisi maqomini tasdiqlashda davom etmoqda. Parij Olimpiadasida qo‘lga kiritilgan beshta oltin medal va Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatidagi "ikkinchi tarkib"ning g‘alabali chiqishlari o‘zbek bokschilarining yuqori tayyorgarlik darajasi va professionalligini yaqqol namoyish etdi.
Britaniyalik boks eksperti Teylor O'Xiggins Sportarena.kz nashriga bergan intervyusida jamoaning muvaffaqiyatini ta’minlagan asosiy omillarni sanab o‘tdi. Ularning orasida bosh murabbiy Tulqin Qilichev boshchiligidagi yuqori darajadagi murabbiylar jamoasi va ichki raqobat borligi, bu esa sportchilarning doimiy rivojlanishiga turtki bo‘lishini ta’kidladi.
"Olimpiya terma jamoasi asosiy tarkibiga kira olmagan bokschilar ham boshqa musobaqalarda ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda. Masalan, Adhamjon Muxiddinov va Xavasbek Asadullayev Osiyo chempionatida ishtirok etib, Olimpiya o‘yinlariga asosiy nomzod bo‘lmagan bo‘lsa ham, zo‘r boks namoyish qilishdi. Ichki raqobat doimiy o‘sishning kaliti", — deydi O'Xiggins.
Ekspert, shuningdek, qur’a tashlash va hakamlik qarorlari kabi tasodifiy omillarning rolini e’tirof etdi, biroq O‘zbekistonning xalqaro arenadagi muvaffaqiyatining asosi tizimli ish va professionallik ekanini alohida ta’kidladi.

Powered by Froala Editor