Bu hafta Hindistonda dunyodagi eng yirik saylovlar boshlanadi

Siyosat

Juma kuni hindlar yangi hukumatni tanlash uchun saylov uchastkalariga boradilar. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Bu hafta Hindistonda dunyodagi eng yirik saylovlar boshlanadi
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilgi saylovlar 19-apreldan boshlab, kelasi olti hafta ichida yetti bosqichda o‘tkaziladi. Tahlilchilar Modi boshchiligidagi Bharatiya Janata partiyasi bo‘lajak saylovlarda yana bir yirik g‘alaba qozonishini kutmoqda.

Modi hukmronligi ostida Hindiston iqtisodiyoti yangi cho'qqilarga ko'tarildi. Hozirda u $3,7 trillion yalpi ichki mahsuloti bilan dunyoning beshinchi yirik iqtisodiyoti bo‘lib, 2027-yilga kelib dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyotiga aylanishni maqsad qilgan. 1,4 milliard kishi istiqomat qiladigan dunyodagi eng ko'p aholiga ega mamlakat dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyot sanaladi. Uning iqtisodiyoti 2022–2023-moliya yilida 7,2% ga o'sdi, bu G20 mamlakatlari orasida ikkinchi ko’rsatkich demakdir.

Tashqi aloqalar kengashi ma'lumotlariga ko'ra, bu Hindistondagi eng yirik saylov bo'ladi. 968 millionga yaqin odam ovoz berish uchun ro'yxatdan o'tgan — ularning 48% ayollardir. Reuters ma'lumotlariga ko'ra, birinchi marta ovoz beradigan 18 million kishi ham saylovlarda ishtirok etadi.

Hindiston saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilar sonining ko‘pligi tufayli yetti bosqichli saylov 44 kun, ya’ni 19-apreldan 1-iyungacha davom etadi.

Natijalar 4-iyun kuni e'lon qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing