“Bu telbalik”: Orban Ukrainada Yevropa qo‘shinlari g‘oyasini tanqid qildi
Dunyo
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban G‘arb siyosatchilarining Ukrainada NATO va Yevropa Ittifoqi kuchlari bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotlarini keskin tanqid qilib, Yevropa Rossiya bilan urushga tortilishi mumkinligini aytdi.
Bunga NATO bosh kotibi Mark Ryuttening alyans kuchlari Ukrainada “quruqlikda, dengizda va havoda” bo‘lishi kerakligi haqidagi so‘zlari sabab bo‘ldi. Uning chiqishidan parcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
“Har hafta Yevropani urushga yaqinlashtiradigan yangi voqealar sodir bo‘lmoqda”, — dedi Orban.
U Yevropa parlamentidagi Yevropa xalq partiyasi rahbari Manfred Vebarning Ukrainada Yevropa Ittifoqi formasidagi askarlarni ko‘rishni istashi haqidagi bayonotini ham tanqid qildi. Orban ayniqsa yosh vengrlar Ukrainada urushishini istamasligini ta’kidladi.
“Eng og‘ir davrlar hali oldinda. Biz Vengriyani bu telbalikka tortilishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi u.
Rossiya esa avvalroq NATO davlatlari qo‘shinlarining Ukrainada joylashtirilishini mutlaqo nomaqbul deb atab, bu keskin eskalatsiyaga olib kelishi mumkinligini bildirgan edi.

Powered by Froala Editor