Bu yil Oʻzbekistonni muhim sport voqealari kutmoqda

Sport

Biz ushbu nufuzli tadbirlarga xalqaro hamkorlarimiz bilan birgalikda puxta tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Toshkent shahrida World Aquatics Ijroiya qoʻmitasi Byurosi delegatsiyasi hamda tashkilot Prezidenti janob Husayn Al-Musallam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu yil Oʻzbekistonni muhim sport voqealari kutmoqda
Mehmonlarimiz bilan birgalikda Olimpiya shaharchasida joylashgan World Aquatics mintaqaviy markazining ochilish marosimida ishtirok etdik. Ushbu markaz suv sporti turlari boʻyicha yangi mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, mazkur yoʻnalishlarni tizimli ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi. Joriy yilning kuz faslida Oʻzbekiston ilk bor suzish boʻyicha World Aquatics Jahon kubogi bosqichlaridan biriga mezbonlik qiladi. Bu mamlakatimiz sport hayotida muhim va tarixiy voqea hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing