Bugun Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi
Siyosat
O‘zbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Leo Dokerti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Unga ko‘ra, muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashgan Shuningdek, Leo Dokertining joriy yil 10-11-yanvar kunlari O‘zbekistonga bo‘lib o‘tadigan tashrifining tashkiliy masalalari muhokama qilingan.
Yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Powered by Froala Editor