Bugun Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati start oladi

Sport

UEFA Yevro-2024 juma kuni Germaniya va Shotlandiya o'yini bilan start oladi. O'yin Myunxenda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Bugun Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati start oladi
Germaniya turnir mezboni sifatida “A” guruhidan joy olgan. Shanba kuni ushbu guruhdan joy olgan Vengriya va Shveysariya terma jamoalari ham ilk o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Guruhlarning to'liq tarkibi:

A guruhi: Germaniya, Shotlandiya, Vengriya, Shveytsariya

B guruhi: Ispaniya, Xorvatiya, Italiya, Albaniya

C guruhi: Sloveniya, Daniya, Serbiya, Angliya

D guruhi: Polsha, Niderlandiya, Avstriya, Fransiya

E guruhi: Belgiya, Slovakiya, Ruminiya, Ukraina

F guruhi: Turkiya, Gruziya, Portugaliya, Chexiya

Futbol bo'yicha Yevropa chempionati UEFA rahbarligida o'tkaziladigan milliy terma jamoalarning asosiy musobaqasi. Musobaqa 1960-yildan boshlab har 4 yilda bir marta o'tkaziladi. Amaldagi Yevropa chempioni Italiya bo‘lib, 2021-yilgi turnirda g‘alaba qozongan. Musobaqa avvaliga o‘tgan yilga rejalashtirilgan edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing