Buxoro Art Basel’da: O‘zbekiston biennalesi Qatarda taqdim etildi
O'zbekiston
2025 yil kuzida 1,8 milliondan ortiq mehmon tashrif buyurgan Buxoro biennalesi modeli Qatarda o‘tkazilgan xalqaro Art Basel ko‘rgazmasida taqdim etildi. O‘zbekistondan kelgan loyiha zamonaviy san’atdagi yangi institutsional modellar va madaniy platformalar haqidagi muhokamalarning bir qismiga aylandi.
Taqdimotni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi amalga oshirdi. Jamg‘arma raisi Gayane Umerova M7 — Msheireb kreativ markazida o‘tgan “Rubaiya, Buxoro va Djaou: yangi platformalar, yangi imkoniyatlar” nomli panel muhokamasida ishtirok etdi.
Tadbirda Qatar, O‘zbekiston va Tunis madaniy muassasalari vakillari qatnashib, biennale formatlari va madaniy platformalarning zamonaviy san’at rivojidagi o‘rni haqida fikr almashdilar.
Gayane Umerovaning ta’kidlashicha, Buxoro biennalesi uzoq muddatli rivojlanish, mahalliy kontekst bilan ishlash va shahar makonini jalb etishga asoslangan yangi institutsional model namunasidir. Barcha asarlar aynan loyiha uchun O‘zbekistonda yaratiladi va Buxoroning me’moriy merosi, hunarmandchilik an’analari hamda zamonaviy ijtimoiy jarayonlarga tayanadi.
U, shuningdek, zamonaviy san’atdagi ko‘plab innovatsion yo‘nalishlar bugun Global Janub mamlakatlarida shakllanayotganini ta’kidladi.
Birinchi Buxoro biennalesi 2025 yil sentabr–noyabr oylarida bo‘lib o‘tdi va 1,8 milliondan ortiq mehmonni jalb qildi.
Art Basel Qatar — Art Basel global brendining mintaqaviy platformasi bo‘lib, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy Osiyo va Global Janub mamlakatlariga yo‘naltirilgan. Ko‘rgazma bilan birga Art Basel Conversations muhokamalari, ochiq ma’ruzalar va ta’limiy tadbirlar ham o‘tkazildi.

Powered by Froala Editor