Buyuk Britaniya qirolida saraton kasalligi aniqlandi
Dunyo
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalindi. Bu haqda Bukingem saroyi bayonotida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Charlz III davolash kursini boshlagan bo‘lsa-da, u davlat vazifalarini bajarishda va hujjatlar bilan ishlashda davom etadi.
“Qirolning yaqinda prostata bezining kattalashishi bilan bog'liq tibbiy muolaja uchun kasalxonaga yotqizilganida tashvishlanishning yana bir sababi aniqlandi. Keyingi diagnostika muolajalari saraton formasi mavjudligini tasdiqladi. Bugun Janobi Oliylari rejali davolanishni boshladi, shifokorlar unga davlat vazifalarini kechiktirishni maslahat berishdi. Bu davrda oliy hazratlari odatdagidek davlat ishlarida ishtirok etishda va hujjatlar bilan ishlashda davom etadi”, deyiladi xabarda.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Charlz III ga tezroq tuzalib ketishini tilagan.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III o‘tgan oy oxirida jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqarilgan edi.

Powered by Froala Editor