Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi

Siyosat

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida martabali mehmonning mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boshlandi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, taʼlim, iqlim oʻzgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.

Kemeron Toshkentga Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati va Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrifi doirasida keldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga oxirgi marta 1997-yil fevralida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri tashrif buyurgan va u Malkolm Rifkind edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing