Oksana Chusovitina tayanib sakrash boʻyicha tengsiz deb topildi

Sport

Misrning Qohira shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining 4-bosqich bellashuvlari nihoyasiga yetdi. Ushbu bosqich bahslaridan so‘ng Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida eng yaxshi sportchi deb tan olindi.

Oksana Chusovitina tayanib sakrash boʻyicha tengsiz deb topildi
Chusovitina bundan avval Kotbus va Doha bosqichlarida bronza, Bokuda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Sportchi garchi Qohirada sovrindorlar safidan joy ololmagan bo‘lsa ham, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Yakunda barcha bosqichlardagi natijalar yig‘indisi Chusovitinani tayanib sakrash dasturining qirolichasi ekanini yana bir bor isbotladi”, deyiladi Milliy Olimpiya qoʻmitasi xabarida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing