Centrum Air Dehliga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
O'zbekiston
2025-yil 3-oktabrdan boshlab O‘zbekiston aviakompaniyasi Centrum Air Toshkent va Hindiston poytaxti Dehli o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari — zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Aviakompaniya asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidlab: «Bu nafaqat yangi imkoniyatlar, balki turizm, biznes, tibbiyot va madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa bo‘ladi», — dedi.
Mazkur yo‘nalish orqali tranzit qatnovlari ham qulaylashadi. Toshkent orqali Almati, Moskva, Novosibirsk, Istanbul, Dubay, Tel-Aviv va Kopengagendan Dehliga uchish imkoniyati yaratiladi.
Bugungi kunda Hindiston dunyodagi eng yirik tibbiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Faqatgina 2025-yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatga 131 mingdan ortiq xorijiy bemor tashrif buyurgan, ulardan qariyb 9 ming nafari O‘zbekistondan.
Chipta narxlari 2,3 mln so‘mdan boshlanadi, ularni centrum-air.com saytidan xarid qilish mumkin.

Powered by Froala Editor