"Centrum Air" Toshkent - Guanchjou yo‘nalishini ishga tushirdi
O'zbekiston
Avvallari Toshkent va Guanchjou o‘rtasida sayohat qilish uchun yo‘lovchilar Pekin yoki Urumchida uzoq tranzitga duch kelishgan. Endi esa, bu yo‘nalish 6 soatlik bevosita parvoz bilan amalga oshadi. Bu nafaqat vaqtni, balki xarajatlarni ham sezilarli darajada qisqartiradi.
"Guanchjou – dunyoning yirik savdo markazlaridan biri. Bu yo'nalishining ishga tushurilishi tadbirkorlik va biznesini Xitoy bozorida rivojlantirmoqchi bo‘lgan o‘zbek tadbirkorlari uchun ham keng imkoniyatlar taqdim etadi. Bu yo‘nalish nafaqat iqtisodiy, balki madaniy va turistik sohada ham ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Yangi yo‘nalish 2024-yilning noyabr oyidan boshlab amalga oshirilmoqda. Har dushanba va payshanba kunlari yo‘lovchilar zamonaviy va qulay "Airbus A321Neo" samolyotlarida ikki mintaqa o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz imkoniyatidan bahramand bo‘lishadi.
Bu yo‘nalish Guanchjou va Markaziy Osiyo o‘rtasida ilk bor bevosita aloqani ta'minlaganligi bilan ham ahamiyatlidir.
"Xavfsizlik birinchi o‘rinda, xizmat esa yuqori darajada" shiori ostida ishlovchi "Centrum Air', o‘z yo‘lovchilariga zamonaviy xizmatlarni taqdim etishni davom ettiradi. Aviakompaniya nafaqat parvozlar xavfsizligini ta'minlash, balki qulaylik va mijozlarga e’tibor borasida ham yuqori standartlarga amal qiladi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar tobora kuchayib borar ekan, mazkur yo‘nalish ikki davlatning savdo va biznes imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Hozirgi kunda Xitoy O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy sheriklaridan biri bo‘lib, yangi aviareys savdo-sotiq, investitsiyalar va sanoat sohasidagi loyihalarni jadallashtirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Agar siz tezkor va qulay sayohatni xohlasangiz, "Centrum Air" bilan parvoz qiling – bu nafaqat yo‘nalish, balki yangi imkoniyatlarga ega sayohatdir!

Powered by Froala Editor