Centrum Holding aviatashuvlarning o‘sishi, turizmni rivojlantirish va yangi media loyihalar kabi keng ko‘lamli rejalarni taqdim etdi
Biznes
Toshkentda Centrum Holding va Yard Business Club hamkorligida biznes konferensiya bo'lib o'tdi. Tadbirning asosiy voqeasi Centrum Air aviakompaniyasining rivojlanish strategiyasini taqdim etishi va yangi xalqaro yo'nalishlarni ishga tushirish e'lon qilishi bo'ldi. Uchrashuv yirik hamkorlar, soha mutaxassislari va OAV vakillarini yig‘ib, xoldingning bozorning eng jadal rivojlanayotgan ishtirokchilaridan biri sifatidagi maqomini tasdiqladi.
2023 yilda tashkil etilganidan buyon Centrum Air barqaror o'sishni namoyish etmoqda. Konferensiya davomida kompaniya vakillari reyslar geografiyasini kengaytirish haqida e'lon qilishdi: yaqin vaqtda Yevropa, Hindiston va Yaqin Sharqqa yangi reyslar ochiladi.
Aviakompaniya parki ham faol ravishda kengaymoqda: hozirda flotda 8 samolyot mavjud bo'lib, 2026 yilga kelib ular soni 23 taga, 2028 yil oxiriga esa 40 taga yetadi. Kompaniya flotida tez orada biznes-klass samolyotlari ham paydo bo'ladi. Bularning barchasi parvozlar geografiyasini kengaytirish, reyslar sonini ko‘paytirish, shuningdek, mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni taklif qilish imkonini beradi.
Muhim afzalliklardan biri bu arzon narxlar siyosati: Centrum Air chiptalari milliy tashuvchidan o‘rtacha 10% arzonroq, shunga qaramay, kompaniya yuqori xizmat ko‘rsatish standartlarini saqlab qolmoqda.

Kompaniyaning media loyihalaridan biri Centrum Travel Magazine - sayohatlar haqidagi jurnalni nashr etish bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida aviakompaniyaning bort jurnali hamdir. U Centrum Air reyslarida ham, premium joylarda ham tarqaladi va sayohatchilarga mo‘ljallangan brendlar uchun yangi reklama imkoniyatlarini ochadi.
Xolding tarkibiga ichki turizmni rivojlantirishga e’tibor qaratadigan Centrum Holidays turoperatori ham kiradi. Yaqin oylarda O‘zbekiston bo‘ylab 50 tagacha franshiza ochish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, kompaniya O'zbekistondan tashqariga chiqish va uni global turistik yo'nalish sifatida targ'ib qilishga tayyorlanmoqda.
Yuk tashish bilan shug'ullanuvchi My Freighter kompaniyasi ham o'z rejalarini taqdim etdi. Hozirda uning flotiga 7 ta Boeing 767-300F va bitta Boeing 757-200F samolyotlari kiradi. 2026 yilga kelib flot 20 ta samolyotga kengaytiriladi, bu mintaqaviy va xalqaro logistika imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Centrum Holding yo‘lovchi va yuk aviatashuvlaridan tortib turizm va mediamahsulotlargacha bo‘lgan rivojlanishning yaxlit va strategik yondashuvini namoyish etmoqda. E'tiborga loyiq jihati shundaki, Centrum Holding ESG tamoyillarini qo'llab-quvvatlab, Airbus a320 oilasidagi samolyotlarda eng ekologik toifali yoqilg'ilar, zamonaviy va tejamkor CFM dvigatellaridan foydalanadi, shuningdek O'zbekiston va undan tashqaridagi ijtimoiy loyihalarni qo'llab-quvvatlaydi. Yaqin yillarda holding keng qamrovli kengayish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va xalqaro bozorlarda faol ishtirok etishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor