Chevrolet yangi Spark versiyasini taqdim etdi
Texnologiya
Afsonaviy Chevrolet Spark keskin yangilanishdan o‘tdi – endi u ixcham krossoverga aylandi. Yangi model Chevrolet Spark EUV deb nomlandi.
Chevrolet yangilangan Spark modelini namoyish etdi, ammo bu safar u an’anaviy shahar hetchbeki emas, balki ixcham elektr krossover sifatida taqdim etildi. Yangilik Xitoyning Baojun Yep Plus modeli asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, undan faqat logotip va nomi bilan farqlanadi.
Avtomobil "to‘rtburchak" kuzov, massiv bamperlar, qora yaltiroq biriktirilgan LED chiroqlar, vertikal orqa chiroqlar va yukxonaning ikki tomonga ochiladigan eshigi bilan ajralib turadi. Baojun Yep Plus (va, ehtimol, yangi Spark) uzunligi 3,996 mm, kengligi 1,760 mm va balandligi 1,726 mm, g‘ildirak bazasi 2,560 mm.
Yangilikning kuzovida Activ yozuvi ham paydo bo‘ldi, bu esa maxsus to‘plamni anglatishi mumkin. Bir qator ekspertlar Spark EUV elektromobilga aylanishini taxmin qilmoqda, biroq hozircha rasmiy texnik ma’lumotlar yo‘q. Modelning to‘liq taqdimoti barcha tafsilotlarni ochib berishi kerak.
Chevrolet ixcham elektr krossoverlar segmentiga e’tibor qaratmoqda, biroq Spark yangi formatda ham avvalgidek mashhur bo‘la oladimi – bu hali noma’lum.

Powered by Froala Editor