Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari toʻlagan QQSning 50 foizi qaytarib beriladi
O'zbekiston
2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari tomonidan Davlat byudjetiga toʻlangan QQSning 50 foizini har oyning 25 sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi.
“Chorvachilik va parrandachilikni qoʻllab-quvvatlash, sohada yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-34-sonli Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
2025-yilda goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmining prognoz koʻrsatkichlari;
2025-yilda parranda goʻshti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining prognoz koʻrsatkichlari;
2025-yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari;
2025-yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlari.
2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari tomonidan Davlat byudjetiga toʻlangan QQSning 50 foizini har oyning 25 sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi.
Parrandachilikning goʻsht va tuxum yoʻnalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi.
Naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada toʻlash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.

Powered by Froala Editor