Bugun O‘zbekiston terma jamoasi boks bo‘yicha Jahon chempionatining ilk finali uchun bahs olib boradi
Sport
Angliyada boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ajoyib natija koʻrsatdi — ringga chiqqan 8 bokschidan 7 nafari gʻalaba qozondi.
Chorak finalda Sabina Boboqulova (−48 kg) va Akmaljon Isroilov (−85 kg) ishonchli tarzda zafar quchdi, Shodiyorjon Meliqoʻziyev (−50 kg) esa yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Yarim final janglarida Navbahor Hamidova (−65 kg), Abdumalik Xalokov (−60 kg), Fazliddin Erkinboyev (−75 kg), Toʻrabek Habibullayev (−90 kg) va Jahongir Zokirov (+90 kg) chiroyli gʻalabaga erishdi.
Bugun esa asosiy e’tibor finalga qaratiladi: Fazliddin Erkinboyev 75 kg vazn toifasida jahon chempionligi uchun bolgariyalik Kivan Rami bilan ringga chiqadi. Shuningdek, yana 6 nafar vakilimiz yarim final bahsini oʻtkazadi:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Nazim Kizaybay (Qozog‘iston)
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Lasha Guruli (Gruziya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Gabriel Veochich (Xorvatiya)
-51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz Chakiroglu (Turkiya)
-70 kg: Aziza Zokirova - Lekeisha Pergoliti (Avstraliya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Mixail Fares (Avstriya)
Oʻzbekiston terma jamoasi medal uchun kurashni qat’iyat bilan davom ettirmoqda va chempionatning eng katta gʻoliblari qatoriga kirish imkoniyatiga ega.

Powered by Froala Editor