Davlatimiz rahbari O’zbekistonda ipakchilik va gilamchilikni rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ipakchilik va gilamchilik sohasini atroflicha tahlil qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Yig’ilishda pillani chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot hajmini, mato va uy tekstili quvvatlarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu orqali dunyoda ipak mahsulotlari importining 45 foizi to‘g‘ri kelayotgan Yevropa bozoridan o‘rin olish kerak.
Shu paytgacha pillaning xarid narxi pastligi uchun odamlarda manfaatdorlik past bo’lgani qayd etildi. Prezidentimizning kuni kecha imzolangan ipakchilikni rivojlantirishga oid farmoniga ko‘ra, pillaning xarid narxi 25 foizga oshirildi. Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadigan bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili bunday korxonalarga markazlashgan holda polipropilen olib kelish yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berdi. Bu tajriba davom ettirilib, mablag‘ ikki karra ko‘paytirilishi, valyuta tushumigacha bo‘lgan vaqt inobatga olinib, tadbirkorlarga polipropilen 1 yilgacha muddatga berilishi aytildi.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ushbu sanoat tarmoqlaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi. Ularning muammolari va takliflari asosida mutasaddilarga Yevropa sertifikatini olishda tadbirkorlarga ko‘maklashish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, chet ellardagi savdo uylarida milliy charm, gilam va ipak mahsulotlarini ham joylashtirish, malakali o‘rta bo‘g‘in xodimlarini tayyorlash va boshqa masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Powered by Froala Editor