Davlatimiz rahbarining Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Siyosat

Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi.

Davlatimiz rahbarining Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazildi.

Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Prezidentlar ilk bor yetakchi korxona va kompaniyalar rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdilar.

Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, "Esonbug‘a" xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kuzatib qo‘ydilar.

Ma’lumot uchun: 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 0,9 milliard dollarni tashkil etdi, shundan O‘zbekiston eksporti 378,0 million dollarni (41%), importi esa 542,3 million dollarni (59%) tashkil etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing