Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra safarini noqonuniy tashkil etish holatlarini aniqladi

O'zbekiston

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 31 ta turistik kompaniyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra safarini noqonuniy tashkil etish holatlarini aniqladi
Qo‘mita xabariga ko‘ra, so‘nggi ikki oy davomida Umra safarini litsenziyasiz tashkil qilgan 24 ta turfirma tekshirildi. Ulardan 19 tasiga 75 mln so‘mdan jarima qo‘llanilgan, yana 5 ta holat bo‘yicha materiallar Raqobat qo‘mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Qo‘mita fuqarolarga kelgusida muammolarga duch kelmaslik uchun Umra safaridan oldin turfirmada litsenziya mavjudligini oldindan tekshirishni tavsiya qilmoqda.

Hukumat diniy sayohatlar ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va fuqarolarni faqat rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgan kompaniyalarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing