Donald Tramp Ozarbayjon Prezidenti nutqi haqidagi maqolani ulashdi
Dunyo
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning IV Shusha global media forumidagi chiqishiga bag‘ishlangan maqola AQSH Prezidenti Donald Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi. Unda Ozarbayjon rahbarining tinchlik jarayoni va AQSHning mintaqadagi o‘rni haqidagi fikrlari yoritilgan.
Donald Tramp o‘z sahifasida Breitbart News muxbiri Joshua Klein tayyorlagan maqolani ulashdi. Unda Ilhom Aliyevning IV Shusha global media forumida jurnalistlar savollariga bergan javoblari aks etgan.
Maqolada Ozarbayjon Prezidenti Donald Trampni «tinchlik odami» deb atab, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik jarayoniga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgani keltirilgan. Shuningdek, Aliyev avvalgi AQSH ma’muriyatlari uzoq yillar davomida mojaroni hal qilishdan ko‘ra uni muzlatilgan holatda saqlash siyosatini yuritganini ta’kidlagan.
IV Shusha global media forumi 13–14-iyul kunlari «Tinchlikni ilgari surishda OAV missiyasi: haqiqatni tiklash va ishonchni qayta qurish» mavzusida bo‘lib o‘tdi. Forumda 54 davlatdan 160 ga yaqin OAV vakillari, ekspertlar va rasmiylar, jumladan 30 ga yaqin xalqaro axborot agentligi hamda 60 dan ortiq yetakchi ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor