Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

O'zbekiston

Joriy yilning 28-fevral kungi O‘RQ-1041-sonli Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
Qonun bilan “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishlicha “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bunda mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadiganlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 min so‘m) miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi. Ilgari BHMning 5 baravari edi.

Shuningdek, ularga shahar yo‘lovchilar transportidan (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing