Suriyadagi ommaviy qo‘zg‘olonlarni hukumat bostirishga harakat qilmoqda

Dunyo

Suriyada 6-mart kuni Asad rejimining izdoshlari tomonidan ommaviy qo‘zg‘olonlar sodir etildi. Ikki kun davomida yangi hukumat kuchlari qo‘zg‘olonchilarni qidirmoqda va bu qidiruv ommaviy qatl etishlar bilan davom etyapti. Hozircha qurbonlar soni aniq emas.

Suriyadagi ommaviy qo‘zg‘olonlarni hukumat bostirishga harakat qilmoqda
Suriya markaziy hukumati kuchlari 6-mart kuni boshlangan alavitlar qo‘zg‘oloni yuzasidan O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi Latakiya va Tartus viloyatlarini o‘z nazoratiga oldi.

8-mart holatiga ko‘ra, armiya va hokimiyat bilan bog‘liq bo‘lgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" (HTSh) islomiy harakati jangarilari ushbu hududlardagi aholi punktlarini tozalashni davom ettirmoqda.

7-mart kuni Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara millatga murojaat qildi. U Latakiya va Tartusdagi zo‘ravonliklar uchun “ag‘darilgan rejim bandalari”ni ayblab, ularni "butunlay yo‘q qilish"ga va’da berdi.

Suriya hokimiyatini egallagan sunniy islomiy harakat “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSh) alavitlarning harbiy kuch sifatida birlashishining oldini olishga harakat qilmoqda.

Mart oyi boshida Latakiya va Tartus viloyatlarida alavitlar qo‘zg‘oloni boshlandi. Taxminlarga ko‘ra, uni sobiq Suriya armiyasi ofitserlari boshqarmoqda. 6-mart kuni ulardan biri – G‘iyos Dalo “Suriya ozodlik harbiy kengashi” tuzilishini e’lon qildi. 2014–2020-yillardagi fuqarolar urushi davrida Daloning brigadasi Asad rejimi tomonida eng samarali va shafqatsiz bo‘linmalardan biri bo‘lgan. General Dalo Eron bilan yaqin aloqalarda ekani aytiladi – Eron uzoq yillar davomida Asad rejimining eng yaqin ittifoqchisi bo‘lib kelgan.

Yangi prezident Ahmad ash-Sharo o‘z murojaatida “ushbu jangga qo‘shilgan barcha kuchlarni” hukumat qo‘mondonligiga bo‘ysunishga chaqirdi. Bu chaqiriq, avvalo, turli guruhlarning jangarilariga qaratilgan. Chunki Asad rejimi qulagach, ular rasmiy ravishda yangi mudofaa vazirligi tarkibiga kiritilmadi, biroq hukumat manfaatlari yo‘lida jang qilishda davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing