Ekvador prezidentligiga nomzod saylovga o‘q o‘tkazmaydigan jilet va dubulg‘a kiyib keldi

Dunyo

20-avgust kuni Ekvadorda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovga oʻldirilgan Fernando Vilyavitensio o‘rniga “Construye” harakatidan prezidentlikka nomzodini qoʻygan Kristian Surita o‘q o‘tkazmaydigan jilet va dubulg‘a kiygan holda keldi.

Ekvador prezidentligiga nomzod saylovga o‘q o‘tkazmaydigan jilet va dubulg‘a kiyib keldi
O‘ldirilgan Fernando Vilyavitensio o‘rniga “Construye” harakatidan Ekvador prezidentligiga yangi nomzod bo‘lgan Kristian Surita saylov uchastkasiga o‘q o‘tkazmaydigan jilet va dubulg‘a kiygan holda keldi. Bu haqda Mir24.tv xabar berdi.

Ecuavisa telekanali tomonidan chop etilgan kadrlarda ko‘rinib turibdiki, siyosatchi bir necha qurollangan politsiyachilar hamrohligida saylov uchastkasini tark etgan. Qolgan nomzodlar zirhli kiyimlar bilan himoyalanmagan boʻlsa ham, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida ovoz saylovda ishtirok etgan.

Saylov kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, saylov uchastkalari ochilganidan keyingi dastlabki uch soat ichida saylovchilarning 20 foizi ishtirok etgan.

“Bugungi kunga qadar ovoz berish kuni yaxshi oʻtmoqda”, deyiladi organning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

20-avgust kuni Ekvadorda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Oliy davlat lavozimiga sakkiz nomzod da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Construye" harakatidan Ekvador prezidentligiga nomzod Fernando Vilyavisensio 9-avgust kuni poytaxt Kito shahrida bo‘lib o‘tgan mitingdan keyin otib o‘ldirilgan, shundan so‘ng, Ekvadorning amaldagi Prezidenti Gilermo Lasso davlat miqyosida favqulodda holat e’lon qilgandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing