Ekvadorda "ichki qurolli to'qnashuv" holati e'lon qilindi

Dunyo

Ekvador prezidenti Daniel Noboa xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashib borayotgan bir paytda mamlakatda “ichki qurolli mojaro” holatini e’lon qildi.

Ekvadorda "ichki qurolli to'qnashuv" holati e'lon qilindi
"Men prezidentning ichki qurolli mojarolar rejimini joriy etish haqidagi farmonini imzoladim", deb yozdi u X’da.

Davlat rahbari imzolagan hujjatda “Suverenitet va hududiy yaxlitlikni uyushgan transmilliy jinoyatlar, terrorchilik tashkilotlaridan himoya qilish uchun butun mamlakat boʻylab qurolli kuchlar va milliy politsiyani safarbar etish toʻgʻrisida”gi farmoyishi eʼlon qilingani qayd etilgan.

9-yanvar kuni ertalab qurollangan shaxslar Guayakil shahridagi studiyadan jonli efir namoyish etayotgan “TC Televisión” telekanali xodimlarini garovga olgan.

Ekvadordagi xavfsizlik holati 7-yanvar kuni Fito laqabli "Los-Choneros" jinoiy guruhining boshlig'i qamoqdan qochganidan keyin keskinlashdi. Shundan so'ng, bir nechta jazoni ijro etish muassasalarida tartibsizliklar yuz bergan. 8-yanvar kuni mamlakatda favqulodda holat e'lon qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing