Saida Mirziyoyeva Qatarning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o'tkazdi

O'zbekiston

Uchrashuvda afg‘onistonlik qizlarni Termiz shahrida o‘qitish loyihasi, O‘zbekiston talabalari uchun Qatarning yetakchi universitetlarida tahsil olish bo‘yicha grant o‘rinlarini ko‘paytirish masalalariga eʼtibor qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Qatarning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o'tkazdi
O‘zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, taʼlim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, afg‘onistonlik qizlarni Termiz shahrida o‘qitish loyihasi, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Qatarning yetakchi universitetlarida tahsil olish bo‘yicha grant o‘rinlarini ko‘paytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing