Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Siyosat

Baxtiyor Saidov YIning O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlagan Sharlott Adrianni qabul qildi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi o‘z missiyasini yakunladi
2024-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrianni qabul qildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Vazir Elchining yillar davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

“Unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, deb yozgan TIV vaziri o'zining Telegram sahifasida.

Sharlott Adrian 2021 yilning mart oyidan beri Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing