Endi G‘azo degan joy deyarli yo‘q - Erdo‘g‘an
Siyosat
Turkiya Prezidenti Germaniya kansleri Olaf Shols bilan qo‘shma matbuot anjumanida bu haqda so‘zladi.
Isroilning zarbalari natijasida G‘azo sektori deyarli butunlay vayron bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Berlinda o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Hozirgacha 13 ming falastinlik bolalar, ayollar va qariyalar halok bo‘ldi. Endi G‘azo degan joy deyarli yo‘q, u yerda hamma narsa vayron bo‘lgan”, dedi Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘an Berlinni G‘azoda gumanitar sulhga erishish uchun Turkiya bilan kuchlarni birlashtirishga chaqirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bu "mintaqani ushbu olov halqasidan qutqarish" uchun imkoniyat yaratadi.
“Isroil minglab falastinliklarni o'ldirmoqda, shifoxonalar, ibodatxonalar va cherkovlarga hujum qilmoqda. Musulmon sifatida men bundan xavotirdaman. Siz nasroniy sifatida bu cherkovlarning vayron bo'lishidan tashvishlanmaysizmi? Nega bu harakatlarga qarshi chiqmaysiz? Biz yahudiylar, nasroniylar va musulmonlar o‘rtasini ajratmasligimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.
Prezident Erdo‘g‘an 7-oktabr voqealarini G‘azo sektoridagi joriy holatning “boshlang‘ich nuqtasi” sifatida ko‘rsatishga urinishlarni rad etdi.
“7-oktyabrdan keyingi davr umuman muhokama qilinmayapti. HAMASning quroli va qudratini Isroilniki bilan solishtirish mumkinmi?”, dedi Prezident.

Powered by Froala Editor