Endi ichki ishlar organlariga murojaat qilish yanada osonlashadi
O'zbekiston
Endilikda ichki ishlar vazirining shaxsan o‘zi har oyda bir marta fuqarolarni qabul qiladi.
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida endilikda har hafta va oyning yakshanba kunlari ichki ishlar vaziri, uning o‘rinbosarlari hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining shaxsiy qabullari va joylarda ommaviy sayyor qabullari o‘tkaziladi.
Bunda:
- ichki ishlar vaziri har oyning oxirgi yakshanba kuni;
- hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari haftaning har yakshanba kuni fuqarolarni qabul qiladi.
Sayyor qabullarning vaqti va joyi toʻgʻrisida esa IIVning rasmiy internet sahifasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIBlari tomonidan maʼlum qilinadi.

Powered by Froala Editor