Endilikda uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.

Endilikda uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi
Endilikda, “Yangi O‘zbekiston” massiviga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi.

Loyiha ekspertizasini o‘n besh kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yiladi.

Qurilishda “eskrou” tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi va davom etadi.

Fuqarolar esa qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqa odamga sotish imkoniga ega bo‘ladi. Bu bilan uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing