Erdo‘g‘an Ozarbayjon Qorabog‘da operatsiya o‘tkazishga majbur bo‘lganini aytdi
Siyosat
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon Qorabog‘da aksilterror operatsiyasini o‘tkazishga majbur bo‘lganini aytdi. Bu haqda “Tass” xabar berdi.
"Afsuski, Ozarbayjonning Qorabog'dagi qonuniy xavotirlariga javob berish uchun hech narsa qilinmadi. Shu sababdan operatsiya o'tkazishga majbur bo'ldi. Ozarbayjonning bu g'alabasi bilan mintaqada to'liq normallashuv imkoniyati ochildi. Biz Armanistondan unga cho‘zilgan tinchlik qo‘liga javob berishini kutamiz”, dedi Turkiya rahbari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaradan so‘ng.
"Tinch yoʻl orqali hal etish bilan hech kim yutqazmaydi. Bizning xalqimiz oldidagi burchimiz mintaqada tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni taʼminlashdir. Biz buni amalga oshirishda qatʼiy va samimiymiz. Biz hamkasblarimizdan ham xuddi shunday samimiylikni namoyon etishlarini istaymiz", dedi Erdoʻgʻan.
Turkiya prezidenti Ozarbayjon oʻtkazgan operatsiyani “mintaqa uchun muhim voqea” deb atadi.
Uning ta'kidlashicha, Ozarbayjon armiyasining operatsiyasi "juda qisqa vaqt ichida va tinch aholining [xavfsizligiga] maksimal darajada e'tibor berilgan holda amalga oshirilgan".

Powered by Froala Editor