Tizimdan tashqaridagi g‘alaba: mustaqil nomzod Ketrin Connolly Irlandiya saylovlarida yutdi
Siyosat
Mustaqil nomzod Ketrin Connolly Irlandiya prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonib, mamlakat siyosiy hayotida yangilanish ramziga aylandi.
RTE telekanali xabariga ko‘ra, Connollyning g‘alabasini uning asosiy raqibi — ijtimoiy ta’minot vaziri Xizer Hamfris e’lon qilgan. U hukmron markazchi Fine Gael partiyasi tomonidan nomzod sifatida ilgari surilgan edi.
“Ketrin hammamizning prezidenti bo‘ladi. U mening ham prezidentim bo‘ladi. Unga eng ezgu tilaklarimni bildiraman, hech narsadan afsuslanmayman,” — dedi Hamfris RTE’ga.
Connollyning g‘alabasi Irlandiya siyosiy tizimi uchun kutilmagan holat bo‘ldi, chunki mamlakatda yuqori lavozimlarga odatda yirik partiya vakillari saylanardi. Mutaxassislar bu natijani xalqning an’anaviy siyosiy kuchlardan charchagani va mustaqil siyosatchilarga bo‘lgan ishonchning oshgani bilan izohlamoqda.

Powered by Froala Editor