Eron Xomanaiyni yangi zarbalar va sulh buzilishi xavfi fonida dafn etdi
Dunyo
Eronning sobiq oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning dafn marosimi olti kunlik milliy motamga yakun yasadi. Biroq Tehron va Vashington o‘rtasidagi yangi zarbalar almashinuvi keng ko‘lamli mojaro qayta boshlanishi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi.
Davlat bayrog‘iga o‘ralgan Xomanaiyning tobuti Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga olib kelindi. Majmua atrofida ko‘plab motam ishtirokchilari to‘plandi. Eronni qariyb 37 yil boshqargan Ali Xomanaiy 28-fevral kuni AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlangan ilk kunda yaqin qarindoshlari bilan birga halok bo‘lgan edi.
Dafn marosimi ikki kundan buyon davom etayotgan o‘zaro zarbalar fonida o‘tdi. Eron rasmiylari AQSh harakatlari oqibatida 17 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Davlat OAVlariga ko‘ra, zarbalardan biri Tehron va Mashhad o‘rtasidagi temir yo‘l liniyasiga berilgan.
Tehron Quvayt, Bahrayn va Qatardagi AQSh obyektlariga hujumlar qayta boshlanganini bildirdi. Iordaniya harbiylari esa Eron tomondan uchirilgan sakkizta raketa tutib qolinganini ma’lum qildi.
Marosim davomida Xomanaiyning vorisi Mojtaba Xomanaiyning jamoatchilik oldida ko‘rinishi kutilgan edi. Biroq yangi oliy rahbar yana omma oldida paydo bo‘lmadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u 28-fevraldagi zarbalar vaqtida yaralangan va tayinlanganidan buyon aholiga faqat yozma bayonotlar orqali murojaat qilgan.
Keskinlik fonida AQSh Prezidenti Donald Tramp vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yakunlanganini bildirdi. Yakuniy kelishuv bo‘yicha muzokaralar Xomanaiyning dafnidan keyin boshlanishi rejalashtirilgan edi. Asosiy masalalar qatorida Hormuz bo‘g‘ozining to‘liq ochilishi va Eron yadro dasturining kelajagi bor.

Powered by Froala Editor