Fan, ta’lim va farmatsevtika kuchlarini birlashtirmoqda
O'zbekiston
Mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish fan, ta’lim va innovatsiyalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni talab qiladi. Aynan shu masalalar yosh olimlar, tadqiqotchilar va soha mutasaddilari ishtirokidagi ochiq muloqot markazida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar, ixtirochilar, ilmiy xodimlar va akademiklar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida sohaning dolzarb muammolari, fan, ta’lim va innovatsiyalar integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda biotexnologiya va farmatsevtika yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, fan va ta’lim integratsiyasini kengaytirish hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Powered by Froala Editor