FEI Prezidenti Toshkentdagi xalqaro musobaqani yuqori baholadi
Sport
Abu-Dabida oʻtkazilgan Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI)ning Bosh assambleyasida 2024-yilning yutuqlari va 2025-yilga moʻljallangan rejalar muhokama qilindi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev yurtimiz vakili sifatida ishtirok etdi.
FEI prezidenti Ingmar De Vos yil davomida oʻtgan tadbirlar haqida soʻz yuritar ekan, oktyabr oyida Toshkentda oʻtkazilgan “FEI Jumping World Challenge Final” musobaqasi tashkilotchilik jihatidan yuqori darajada oʻtkazilganini eʼtirof etdi. Ushbu musobaqa ot sporti jamoatchiligi orasida katta qiziqish uygʻotdi.
Tadbir davomida, shuningdek, 2025-yilda oʻtkaziladigan musobaqalar taqvimi va FEI byudjeti muhokama qilindi. Bu rejalashtirilgan musobaqalarning yuqori saviyada oʻtishini taʼminlashda muhim qadam hisoblanadi.
Bahromjon Gaziyev o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator milliy federatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi va FEI rahbariga esdalik sovgʻasini topshirdi.

Powered by Froala Editor