Ferrari 250 GTO kim oshdi savdosida 50 million dollardan ko'proqqa sotildi
Dunyo
1962-yilgi Ferrari 250 GTO 13-noyabr kuni Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 51 705 000 dollarga sotildi va kim oshdi savdosida eng qimmat sotilgan ikkinchi avtomobilga aylandi. Bu haqda "DW" ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, avval Ferrari poyga mashinasi bo'lgan, lekin keyinchalik yo'lda foydalanish uchun qayta jihozlangan klassik qizil shassi so'nggi 38 yil davomida amerikalik kollektorning mulki bo'lib kelgan.
Ushbu rusum ko'p yillar davomida dunyodagi eng qimmat va terilgan Ferrarilardan biri bo'lib kelgan.
Auksion tashkilotchilari sotuv narxi biroz yuqoriroq — 60 million dollar atrofida bo'lishini bashorat qilgan edi.

Powered by Froala Editor