FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Sport
FIFA prezidenti Janni Infantino futbolni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishish va "CAFA Nations Cup 2025" turniri finaliga tashrif buyurish maqsadida O‘zbekistonga keldi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga binoan FIFA Prezidenti Janni Infantino Toshkentga tashrif buyurdi. Safar davomida u mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid loyihalarni muhokama qiladi, Milliy futbol markazi faoliyati bilan yaqindan tanishadi hamda xalqaro CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining final uchrashuvini stadiondan tomosha qiladi.
FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va boshqa rasmiylar kutib olishdi.
Tashrif davomida futbol infratuzilmasini rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash va ommaviy sportni targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalar yuzasidan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor