Filippin AQSHga tegishli raketalarni hududidan chiqarmasa, Xitoy keskin chora ko'rishini aytdi

Dunyo

Xitoy mudofaa rasmiysi Vu Syan matbuot anjumanida tegishli bayonot bilan chiqdi. Unga ko'ra, Filippin raketa tizimini AQShdan sotib olishni rejalashtirayotganligi haqidagi ma'lumotga izoh berdi. Xitoy bir necha bor Amerika Qoʻshma Shtatlarining Filippinda oʻrta masofaga uchuvchi raketa tizimini joylashtirishiga keskin qarshilik bildirgan ma'lum qildi.

Filippin AQSHga tegishli raketalarni hududidan chiqarmasa, Xitoy keskin chora ko'rishini aytdi
Tayfonni "hujum quroli" deb atagan Vu Syan Filippinning AQSh raketalarini joylashtirish haqidagi kelishuvi bevosita geosiyosiy qarama-qarshilikni keltirib chiqarishi va mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirayotganini eslatib o'tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Filippinning shaxsiy ishi emas, chunki bu mintaqadagi barcha davlatlarning umumiy xavfsizligiga tegishli.

"Tarix va voqelik Amerika qurollari joylashtirilgan joyda mojaro xavfi ortib borishini qayta-qayta isbotladi", dedi Xitoy mudofaa rasmiysi.

“Biz tegishli tomonlarni “Typhon” oʻrta masofaga moʻljallangan raketa tizimini zudlik bilan olib qoʻyishga chaqiramiz”, - dedi Vu Syan, agar AQSh va Filippin oqibatlarini hisobga olmasdan harakat qilishda davom etsa, Xitoy kuchli javob choralarini koʻrishini ta'kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing