Fitch reyting agentligi AQSh reytingini pasaytirdi

Iqtisodiyot

Oq uy Fitch reyting agentligi tomonidan AQShning kredit reytingini pasaytirganidan norozi. Ular buni "haqiqatga zid", deb atashmoqda.

Fitch reyting agentligi AQSh reytingini pasaytirdi
Fitch reyting agentligi AQShning uzoq muddatli reytingini AAA dan AA+ ga tushirdi. Reytingning pasayishi “kelgusi uch yil ichida fiskal holatning kutilayotgan yomonlashuvini, hukumatning yuqori va ortib borayotgan qarz yukini hamda boshqaruvning yomonlashuvini aks ettiradi”. Bu haqda agentlik saytida keltirilgan.

To'lov qobiliyatining eng yuqori darajasi, ya'ni defoltning minimal xavfini bildiruvchi AAA kamida 1994-yildan beri Fitch reytingida AQSh tomonidan ushlab turilgan. Moody's AQShga eng yuqori AAA reytingini berishda davom etmoqda, S&P esa 2011-yilda reytingni AA+ (yuqori to'lov qobiliyati, defoltning past ehtimoli) darajasiga tushirgan.

“Biz bu qarorga qat'iyan rozi emasmiz. Prezident Jo Bayden dunyodagi eng kuchli iqtisodlardan birida eng katta tiklanishga erishganida, reytingni pasaytirish haqiqatga ziddir”, degan Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer seshanba kuni bergan bayonotida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing