“Ford” kompaniyasi avtomobillar uchun yangi 48 dyuymli ekranni taqdim etdi

Texnologiya

Raqamli qurilmalar paneli ilk marotaba 2024-yilgi “Linkoln Nautilus”ga o'rnatiladi.

“Ford” kompaniyasi avtomobillar uchun yangi 48 dyuymli ekranni taqdim etdi
“Ford” va “Lincoln Digital Experience” deb nomlangan va avtomobillar uchun mo’ljallangan ma'lumot-ko'ngilochar tizimining yangi avlodi qurilmalar panelining butun kengligini qamrab oluvchi panoramali displey bo'lib, haydovchilar va yo'lovchilar uchun yangicha taassurotlar bag’ishlaydi. Ushbu tizimning asosiy xususiyati shundaki, uni har bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslashtirish mumkin. U haydovchilarni avtomatik ravishda taniydi va parametrlarni ularning xohishiga ko'ra sozlaydi. Bundan tashqari, ichki displeylar ko'proq yoki kamroq ma'lumotni ko'rsatish uchun moslashtirilishi mumkin, bu esa qurilmalar panelini haydovchining shaxsiy xohish-istaklariga moslashtirishga imkon beradi.

“Ford” va “Linkoln” mazkur tizimni avtomobil haydash jarayonida qulaylik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ishlab chiqdi. Uning yordamida haydovchilar chalg'imasdan, muhim ma'lumotlarga kirishlari mumkin. Kompaniya yo'lda xavf tug’dirmasdan qulay va intuitiv raqamli haydash tajribasini yaratishga intildi.

Buning barobarida, mutaxassislar tizimni “Apple CarPlay” va “Android Auto”ga integratsiya qildilar. Bu foydalanuvchilarga smartfonlarini qurilmalar paneliga osongina ulash va sevimli ilovalari, musiqa va navigatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing