Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yangi bosh vazirni tayinlaydi

Siyosat

Hukumat rahbari lavozimidan ketgan Elizabet Bornning o‘rniga kim kelishi hozircha ma’lum emas.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yangi bosh vazirni tayinlaydi
Dushanba kuni Fransiya bosh vaziri Elizabet Born iste’foga chiqdi. Fransiyada ko'pchilik buni prezident Makron jamoasini bir qator siyosiy muvaffaqiyatsizliklardan so'ng va may oyida bo'lib o'tadigan Yevropa parlamenti saylovlari oldidan qayta qurish boshlanishi deb biladi. Ta’kidlash joizki, mazkur saylovlarda Marin Le Penning millatchi partiyasi g'alaba qozonishi mumkin.

Elizabet Born yangi bosh vazir tayinlanguniga qadar hukumat boshida qoladi. Makron maʼmuriyatining norasmiy xabaridan maʼlum boʻlishicha, yangi bosh vazirning nomi yaqin orada eʼlon qilinadi.

Hukumat boshchiligiga kutilayotgan nomzodlar 34 yoshli ta’lim vaziri Gabriel Attal, 37 yoshli qurolli kuchlar vaziri Sebastyen Lekornu, qishloq xo‘jaligi vaziri Julien Denormandie, moliya vaziri Bruno Le Mer va ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing