Furqat Sidiqov O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi
Siyosat
Furqat Sidiqov may oyida O'zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida Prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
O'zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov o'rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Furqat Sidiqov may oyida O'zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida Prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida O'zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlanganligi to'g'risidagi ishonch yorlig'i nusxasini topshirgan.
Avval O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan Furqat Sidiqov 52 yoshda. U 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
Furqat Sidiqov 2017-2023-yillarda O'zbekistonning AQSH, shuningdek, o'rindoshlik asosida Kanada va Braziliyadagi elchisi bo'lib ishlagan Javlon Vaxobov o'rniga tayinlangan.

Powered by Froala Editor