Futbol: O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi “E” guruhidan o‘rin oldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Futbol: O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston quyidagi terma jamoalarga qarshi bahs olib boradi:

• Eron;
• Gonkong;
• Afg‘oniston.

Ushbu guruh bahslarga O‘zbekiston mezbonlik qiladi. O‘yinlar 4—12-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, U-23 Osiyo kubogining final bosqichi 2024-yilning aprel-may oylarida Qatar poytaxtida o‘tkaziladi. Musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi turnir hisoblanadi. Dastlabki 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rin egasi qit’alararo pley-off bosqichi orqali kurashni davom ettiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing