G'azo qirg'oqlariga havodan tushirilgan insonparvarlik yordami oqibatida odamlar chokib ketdi

Dunyo

HAMAS hukumatining G'azodagi matbuot idorasi xabariga ko'ra, G‘azo shimoliga havodan tushirilgan insonparvarlik yordamini olishga urinayotganda 18 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

G'azo qirg'oqlariga havodan tushirilgan insonparvarlik yordami oqibatida odamlar chokib ketdi
Bayonotda aytilishicha, 12 kishi oziq-ovqat paketlarini olish uchun dengizga tushganida cho'kib ketgan, qolgan 6 tasi esa boshqa yordam paketlari yerga tushganda oyoq osti qilinish oqibatida nobud bo’lgan.

Bayonotda havodan yordam tushirishni "darhol to'xtatishga” undashmoqda va bunday hatti-harakatlar "haqoratli, noto'g'ri, noo'rin va foydasiz" deb nomlangan.

G'azoga quruqlik orqali ko'proq yordam berish uchun bosim ostida bo'lgan Isroil dushanba kuni G'azo shimoliga 159 tonnalik yordam paketini havodan tushirishga ko’maklashganini aytdi.

AQShning ta'kidlashicha, dushanba kuni o’zining ikkita C-17 samolyoti yordamida shimolga 46 000 ta "tayyor oziq-ovqat mahsulotlari"ni tashlagan, Buyuk Britaniya esa uning A400M samolyotlaridan biri 10 tonna suv, guruch, o'simlik yog'i, un, konserva va chaqaloqlar oziq-ovqatini tashlaganini aytdi.

Ta’kidlanishicha, gumanitar tashkilotlar havodan tushirilayotgan yordam oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojni qondira olmasligi haqida ogohlantirmoqda va bu strategiya qizg'in munozaralarga sabab bo'ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing