G‘azo rejasi AQShning Yaqin Sharqdagi ta’siri uchun sinovga aylandi
Dunyo
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlangan G‘azo bo‘yicha rejani rad etishi AQSh ittifoqchilari orasida Donald Tramp ma’muriyatining Isroilga ta’sir o‘tkazish va G‘azo bo‘yicha o‘z qarashlarini ilgari surish qobiliyatiga nisbatan shubhalarni kuchaytirdi. Bu haqda Politico G‘arb va arab diplomatlariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington ittifoqchilari orasida AQSh Isroil rahbariyatiga ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli vositalarga ega emas yoki mavjud imkoniyatlardan foydalanishga tayyor emas, degan qarash kuchaymoqda. Yevropalik diplomatlarning biri Politico’ga vaziyat noaniq bo‘lib qolayotganini va Trampning vositachilik harakatlariga nisbatan ishonch pasayayotganini bildirgan.
Netanyaxu avvalroq Oq uy tomonidan qo‘llab-quvvatlangan 15 banddan iborat rejani rad etib, Isroil HAMAS «haqiqiy qurolsizlantirilmaguncha» G‘azodan qo‘shinlarini olib chiqmasligini aytgan.
Politico suhbatdoshlarining fikricha, Isroil bosh vazirining qarori nafaqat G‘azodagi kelishuv istiqbollariga, balki AQSh diplomatiyasining mintaqadagi boshqa mojarolarga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Shu bilan birga, Oq uy Netanyaxuning pozitsiyasini tinchlik jarayonining yakuniy barbod bo‘lishi sifatida baholamayapti. AQSh ma’muriyati vakili nashrga Isroil bosh vazirining harakatlari ko‘p jihatdan ichki siyosiy omillar va oktyabr oyida o‘tkazilishi kutilayotgan parlament saylovlari bilan bog‘liq ekanini bildirgan.
Oq uydagi manba, shuningdek, siyosiy reja bo‘yicha kelishmovchiliklarga qaramay, AQSh boshchiligidagi «Tinchlik kengashi» doirasidagi amaliy hamkorlik so‘nggi vaqtlarda oldinga siljiganini ta’kidlagan.
Shu sababli Vashingtonning Isroil bilan pozitsiyalarni muvofiqlashtirish qobiliyati AQShning G‘azo bo‘yicha tashabbusini amalga oshirishdagi muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor