G’azoda o’qish vaqtlari omon qolish uchun kurashga sarflanmoqda
Dunyo
Isroil hujumi G’azo hayotining ko’p jabhalariga salbiy ta’sir ko’rsatgani barobarida ta’limga ham ta’sir o’tkazmay qolmadi.
G’azodagi bolalardan biri: “ Endi biz o’qimaymiz, Isroil hujumi bizni bir yil o’qishdan mahrum qildi” deydi.
CNN jurnalisti Metyu Chansning xabar berishicha, faqat ayrim hududlarda faol o’qituvchilarning tashabbusi bilan vaqtinchalik chodir maktablar tashkil qilingan.
Metyu G’azo markazida joylashgan Dayr ul Balahdagi vaqinchalik sinfxonada oyoqlarini chalishtirib o’tirgan bolalarni ko’rganini yozadi. Sinfxonlarni quyidagicha ta’riflaydi: “ Rangli plakatlar, oq strelkalar va qog’ozdan yasalgan Falastin bayroqlari chodir ichiga osib chiqilgan edi. Yerga kiyim-kechak, gulli ko’rpachalar va kichik yostiq solingan maktablarda joy yo’qligidan sumkalar sochilib yotibdi”.
Ular ko’zlarini katta doskaga qaratib , o’qituvchi Oula Al Ghoulning so’zlarini qaytarishardi. Shu payt Isroil uchuvchisiz uchoqlarining ovozi tepada jiringlaydi- bu holat 11 oydirki davom etib kelmoqda. Qanday dahshat..
E’tiborli jihati ota-onalar bolalarining o’qishiga juda e’tiborli, hayotdagi najotlarini ulardan ko’rishadi, tez-tez bolalarining yozma va og’zaki savodxonliklari haqida so’rab turishadi.
Ha, Yaqin Sharqdagi deyarli barcha bolalar yangi o’quv yilini maktablarda, maxus sinfxonalarda boshlasa, G’azoda bunday emas. G’azodagilar 7-oktyabr, Isroilning hujumidan so’ng katta inqirozni boshdan kechirishmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar agentligi UNICEF ma’lumotlariga ko’ra, G’azo sektoridagi kamida 45 ming birinchi sinf o’quvchisi o’quv yilini boshlay olmaydi.
“Birinchi sinf o’quvchilari butun o’quv yilidan mahrum bo’lgan 625000 bolalarga qo’shilishadi” ,- deya ma’lumot bergan agentlik.
Hukumat matbuot xizmati ma’lumotlariga qaraganda, Isroilning bombardimon kompaniyasi G’azodagi 123 maktab va universitetni vayron qilgan. Bundan tashqari 18 yoshgacha bo’lgan kamida 11 500 o’quvchi va 750 o’qituvchi halok bo’lgan.
Hozirda shaharda ko’plab maktablar “vaqtinchalik boshpana''larga aylanmoqda, chunki yuz minglab odamlar bombardimondan saqlanish uchun boshpana izlashmoqda. Bir necha bolalarning CNNga aytishicha, o’qish uchun sarflanishi kerak kunlar omon qolish uchun kurashga sarflanmoqda. Ba’zilar oziq-ovqat yordami uchun soatlab navbatda turishadi, chunki Isroil qamali sabab zaxiralar tugab bormoqda.
“Men o’qishimni tugatib, otamga oilamni boqishga yordam berishni orzu qilardim. Urush mening barcha ambitsiyalarimni yo’q qildi va hech narsa qolmadi”,- deydi G’azo shimolidagi Bayt-Laxiya shahridan ko’chirilgan 19 yoshli ingliz adabiyoti talabasi Ezzat Hamuda.
O’z oilalariga suv eltish maqsadida uzun navbatda turgan bolardan biri shunday dedi:
“ Maktab yo’q, kitob yo’q, hech narsa yo’q.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, Falastinga Isroilga hujumidan so’ng qariyb 1,9 million aholi o’z joydan ko’chirilgan.
Dayr al- Balahga ko’chirilgan falastinlik yosh Sajid CNNga urush boshlanishidan oldin shifokor bo’lishni orzu qilganini aytdi.
U “Biz o’qirdik, darslarga qatnashardik, uy vazifalarini bajarardik va hayotimiz baxtli edi” deya urushni la’natlasa, o’rtog’i “ urush tufayli biz ko’chirildik va endi ta’lim , boshqa hech narsa yo’q- o’qish yo’q. Hayotimiz suv olib, oziq-ovqat yig’ishga aylandi. Men o’qimoqchiydim” deya nadomat chekadi.
“Hozirga kelib, ta’lim muassasalarining 95 foizi boshpana sifatida ishlatilib ammo u yerda hech kim xavfsizliklikni kafolatlay olmaydi'' deydi CNN jurnalisti.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibi Antoniu Gutterish Isroilning maktablarga zarba berishini “ xalqaro gumanitar huquqning keskin buzilishi” sifatida baholadi.
UNICEF ning ma’lumotiga ko’ra, qon to’kish sahnalariga guvoh bo’lgan, yaqinlarini yo’qotgan va urushda yetim qolgan ruhiyati bilan bog’liq bolalar soni kundan kunga ortib bormoqda.
O’qituvchi Muhammad Ma’sud aytishicha, “Talabalar o’z sinflarida yoki universitetlarida bo’lish o’rniga ko’chada tirikchilik qilishmoqda yoki suv va oziq-ovqat uchun navbatda turishmoqda”.
Shuningdek, kamida 19 000 ming bola ota-ona qaramog’idan ayrilgan. .
“Ular kun bo’yi axlatlardan yalangoyoq yurishadi va xarobalarda sotish uchun yaroqli narsalar qidirishadi. Hamma joyda bolalar bor-u, ular uchun xavfsiz o’ynaydigan makon yo’q” deya qo’shimcha qiladi G’azolik aholidan biri.
Yuqorida sanab o’tilgan, Isroil bombardimonining xosilasi o’laroq yuzaga chiqayotgan har qanday holat Xalqaro miqyosda mustahkamlanib qo’yilgan Inson huquqlarining buzilishidir va bunga qarshi BMT jiddiy choralar ko’rishga majbur.

Powered by Froala Editor