G’azodagi shifoxonalar oʻz faoliyatini toʻxtatmoqda

Dunyo

Shifoxonalar yoqilg'i tugashi tufayli shoshilinch yordamdan tashqari hamma narsani to'xtatmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

G’azodagi shifoxonalar oʻz faoliyatini toʻxtatmoqda
Ma’lum qilinishicha, janubdagi g'azoliklar uchun asosiy tibbiy markaz bo'lgan Xon Yunisdagi Nasser kasalxonasi yoqilg'i manbasi yo‘qligi sabab muhim operatsiyalarni yaqinda to‘xtatadi.

G'azodagi eng muhim yordam ko'rsatuvchi tashkilot hisoblangan BMT, agar yangi ta'minot bo'lmasa, bugun kechqurun o‘z ish faoliyatini to'xtashini aytdi.

24-oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti G'azodagi kasalxonalarning uchdan bir qismi va birlamchi tibbiy yordam klinikalarining deyarli uchdan ikki qismi urushdan ko'rgan zarar va yoqilg'i yetishmasligi tufayli allaqachon yopilganini aytgan.

G'azodagi HAMAS tomonidan boshqariladigan Sog'liqni saqlash vazirligi Isroilning ketma-ket ikkinchi kungi havo hujumlari oqibatida 700 dan ortiq odam halok bo'lganini ma'lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing